• Turi: Parfumlangan suv (Eau de Parfum)
• Hajmi: 100 ml
• Ayollar uchun
• Mavsum: Bahor, Yoz
Bu atirlar juda yoqimli, yengil va kayfiyatni ko‘taradigan hidlarga ega. Sepganingizda atrofingizda muloyim, shirin va iliq aura paydo bo‘ladi. Hidlari bezovta qilmaydi, aksincha odamni o‘ziga tortadi — ayniqsa yaqin kelganda yanada chiroyli seziladi.
Toy varianti — yumshoq, toza va biroz shirin hid bo‘lib, sizni nozik va nafis ko‘rsatadi. Bubblegum esa — yanada quvnoq, shirin va o‘ynoqi hid, yosh va energiyaga to‘la kayfiyat beradi.
Bu hidlar kundalik foydalanish uchun juda mos: o‘qishga, ishga, sayrga yoki do‘stlar bilan uchrashuvlarga bemalol ishlatish mumkin. Ayniqsa bahor va yoz fasllarida juda chiroyli ochiladi — issiqda ham yoqimli va yengil turadi.
Bu kolleksiya o‘zini erkin, quvnoq va jozibali his qilmoqchi bo‘lgan qizlar uchun ideal tanlov.

