• Turi: Parfumlangan suv (Eau de Parfum)
• Hajmi: 100 ml
• Erkaklar uchun
• Mavsum: Bahor, Yoz
Bu turkumdagi atirlar juda toza, tetik va yoqimli hidlari bilan ajralib turadi. Sepganingizda xuddi yangi dushdan chiqqandek, pokiza va energiyaga to‘la hissiyot beradi. Hid bezovta qilmaydi, boshni og‘ritmaydi, aksincha atrofdagilarni o‘ziga tortadi.
Bu atirlar baland emas, lekin didli — yaqin kelganda juda yoqimli seziladi. Sizni tartibli, sport uslubidagi va o‘ziga qaraydigan erkak sifatida ko‘rsatadi.
Kundalik foydalanish uchun ideal: ishga, o‘qishga, sportdan keyin, sayr va uchrashuvlarda bemalol ishlatish mumkin. Ayniqsa bahor va yoz fasllarida juda yaxshi ochiladi, issiq havoda ham yengil va yoqimli turadi.
👉 Agar sizga toza, fresh va zamonaviy erkakona hidlar kerak bo‘lsa — bu turkum aynan siz uchun.

