Little Prince yopishqoq tasmali bolalar tagliklari — chaqaloqlar va bolalarning qulayligi va terisining salomatligi uchun maxsus yaratilgan ultra-yumshoq hamda ishonchli vositadir. Qulay va qayta yopishtirish mumkin bo'lgan yopishqoq tasmalari (липучка) taglikni bolaning beliga mos ravishda aniq o'tkazish imkonini beradi. Yumshoq hamda gipoallergen materiali allergik reaksiyalar va pishishlarning oldini oladi.
Maxsus sariq rangli namlik indikatori taglikning to'lganligini tez va qulay aniqlashga yordam beradi. Yuqori shimiluvchanlik darajasi namlikni lahzalarda tortib oladi va bolaning terisini tunda ham, kunduzi ham uzoq vaqt quruq saqlaydi.
Qulay yopishqoq tasmalar: Ishonchli yopishqoq tasmalari yordamida taglikni bolaning bel qismiga moslab osongina taqish mumkin.
O'ta yumshoq va nafas oluvchi qatlam: Chaqaloq terisini quruq va nozik saqlaydi, allergik reaksiyalar va qizarishlar kelib chiqishining oldini oladi.
Tez va yuqori shimiluvchanlik: Namlikni lahzalarda o'ziga tortib oladi va ichki qatlamda ishonchli ushlab turadi.
Namlik indikatori: Maxsus indicator chiziq rangi o'zgarishi orqali taglikni almashtirish vaqtini oson nazorat qilish imkonini beradi.
Erkin harakatlanish: Anatomik shakli va yumshoq yon chetlari bolaning faol o'ynashi hamda tinch uxlashi uchun ideal.
Mahsulot turi: Yopishqoq tasmali bolalar tagliklari (подгузники на липучках)
Brend: Little Prince / Милый ребенок
Tarkibi: Tabiiy paxta tolali gipoallergen mikrofibra, superabsorbent (SAP), nafas oluvchi membranali qatlam
Razmerlar va qadoqdagi soni (bitta kartochkada):
1-razmer: 50 ta (5-9 kg)
2-razmer: 42 ta (4-8 kg)
3-razmer: 38 ta (6-11 kg)
4-razmer: 34 ta (9-14 kg)
5-razmer: 30 ta (12-17 kg)
Qo'llash usuli: Taglikni bola ostiga to'g'ri joylashtirib, yon tarafdagi yopishqoq tasmalarni belga moslab yopishtiring.
Saqlash shartlari: Quruq, toza va namlikdan xoli joyda, xona haroratida saqlansin.


