KIN KS11V (KS11) — Type-C → Lightning kabel, neylon oʻramada. Lightning uyali iPhoneʼni Type-C portli adapter yoki kompyuterdan zaryadlaysiz; PD tez zaryadni qoʻllaydi.
• Type-C → Lightning — iPhone uchun
• PD tez zaryad, 2,4A
• Uzunligi 1 m
• Neylon oʻrama, 24,5 g — yengil
• Faqat Lightning uyali iPhone uchun — Type-C uyali iPhone 15 va yangilariga mos kelmaydi.
Ulash: kabelning Type-C uchini adapterga yoki kompyuterga ulang, Lightning uchini telefonga oxirigacha kiriting — zaryad boshlanadi.
Zaryad tezligini asosan adapter belgilaydi: kompyuter USBʼsi va kuchsiz adapter sekin zaryadlaydi — kuchliroq adapter ishlating. Tez zaryad adapter va telefon PD qoʻllasagina ishlaydi.
Asrash: uchi yonidan keskin bukmang va kabeldan tortib uzmang — ulagichdan ushlab chiqaring. Oʻrab saqlaganda kichik halqa qiling.
Toʻplamda: kabel · quti. Ranglar: qora, kulrang, alvon (qizil).
Rasmiy kafolat — 6 oy. Qutidagi QR kafolat sahifasini ochadi.
Zaryad olmasa yoki uzilib-uzilib zaryadlasa: uchni telefonga oxirigacha kiriting (chexolni olib koʻring), telefon uyasini quruq choʻtka bilan tozalang va boshqa adapter bilan sinab koʻring. Shunda ham boʻlmasa — qutidagi QR kodni skanerlang: kafolat sahifasida murojaat tartibi koʻrsatilgan.

