• LIFE GYM BIKE 0119 — bu kuchli, sokin va ishonchli professional velotrenajyor bo‘lib, uy sharoitida ham, sport zallarida ham samarali mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Ushbu model kardio mashqlar, ozish va umumiy jismoniy holatni yaxshilash uch
LIFE GYM BIKE 0119 — bu kuchli, sokin va ishonchli profesional velotrenajyor bo‘lib, uy sharoitida ham, sport zallarida ham samarali mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Ushbu model kardio mashqlar, ozish va umumiy jismoniy holatni yaxshilash uchun juda mos keladi.
Velotrenajyor Friction brake (ishqalanma tormoz) tizimi bilan jihozlangan. Bu tizim mashg‘ulot vaqtida yuklamani aniq boshqarish, yumshoq va bir maromdagi qarshilikni ta’minlash imkonini beradi. 6 kg flywheel esa aylanishni silliq va barqaror qilib, bo‘g‘imlarga tushadigan bosimni kamaytiradi.
Displey orqali foydalanuvchi mashg‘ulot davomida vaqt, tezlik va bosib o‘tilgan masofani kuzatib boradi. Handle pulse funksiyasi yurak urishini qo‘l orqali o‘lchash imkonini berib, kardio mashqlarni xavfsiz va samarali bajarishga yordam beradi.
Velotrenajyor alyuminiydan tayyorlangan mustahkam pedallar bilan jihozlangan bo‘lib, uzoq muddatli va xavfsiz foydalanishni kafolatlaydi. Sozlanadigan o‘rindiq va rul esa foydalanuvchining bo‘yi va qulayligiga moslab sozlanadi, bu esa mashg‘ulot paytida maksimal komfort yaratadi.
LIFE GYM BIKE 0119 zamonaviy va ixcham dizaynga ega bo‘lib, har qanday interyerga mos keladi. Doimiy mashqlar yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash, chidamlilikni oshirish va ideal formaga erishishga yordam beradi.

