• Asosiy biznes-bu odamlar: ularni ishontiring, qondiring, ularni rag'batlantiring. Har qanday odam bilan har bir uchrashuvdan saboq oling va bolalarga alohida e'tibor bering.
• Oson boyitish uchun mo'ljallangan takliflardan ehtiyot bo'ling. Harakat, yuqori darajadagi qiyinchilik va jiddiy xavf-bu maqsadning qadr-qimmati uchun eng yaxshi dalil. Agar qaysi yo'lni tanlashga shubha qilsangiz, har doim eng qiyinini tanlang.
Ushbu nashrda ko‘plab yangi g‘oyalar, hayotga teran nigoh, g‘alabaga intilish, baxt va kamolot sari dadil qadam tashlash, mardlik va jasorat kabi insoniy fazilatlarni shakllantirish, Vatan taraqqiyoti va uning iqtisodiyotini yuksaltirishda astoydil ishtirok etish, aql-zakovat va bilimni har qanday ishdan ustun qo‘yish g‘oyalari ilgari surildi. Yodingizda bo‘lsin, Lider - bu, avvalo, o‘z ustida ishlaydigan va boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zadigan inson.
O‘quvchilar e’tiboriga havola etilayotgan ushbu kitob davlat xizmatchilari, xususiy sektor vakillari, yosh olimlar, talabalar va bo‘lajak Yo‘lboshchilarga o‘z hayot yo‘llarida yordam beradi, deb ishonamiz.
Ushbu kitob nafaqat rahbarlar, balki o'z hayotida ijobiy o'zgarishlar qilishni istagan har bir inson uchun mo'ljallangan. Muallif Otabek Hasanov dunyo tajribasi va milliy mentalitetimizni uyg'unlashtirgan holda haqiqiy lider qanday bo'lishi kerakligini tahlil qiladi. Kitobda vaqtni to'g'ri taqsimlash, jamoani shakllantirish, hissiy intellekt (EQ) va qat'iyatli qarorlar qabul qilish kabi hayotiy mavzular yoritilgan. "Liderlar kitobi" — bu shunchaki nazariya emas, balki amaliy maslahatlar, real misollar va muvaffaqiyatli insonlarning odatlari jamlangan dasturilamaldir.
"Liderlar kitobi" — bu sizning kelajagingizga qilingan eng yaxshi investitsiyadir. Shaxsiy o'sish va martaba pog'onalaridan ko'tarilishda ushbu asar sizga yo'l ko'rsatuvchi mayoq bo'ladi. "Family Book" do'koni sizga zamonaviy rahbarning ushbu "stoli ustidagi kitobi"ni sifatli nashrda va hamyonbop narxda taqdim etadi.

