Kontroller bilan uchta TL120 to'plami — noldan yig'ish uchun: butun old panel yoki 360 radiator. Ulangan uchta TL bitta panel kabi ko'rinadi: ramka yupqa, ventilyatorlar orasidagi zazor minimal, yorug'lik chizig'i uzluksiz ketadi. Liniya aynan shuning uchun olinadi. «Yangi liniya — dasturi xom» degani haqida: TL bozorda 2023 yil oxiridan beri, L-Connect dasturi shu vaqt ichida yetuk holga keltirildi. Klasterlarni boshqarish moslashuvchan — to'rttagacha guruh, har birida to'rttagacha ventilyator, alohida egri chiziq va effektlar bilan. Havo haydash bo'yicha TL eng kuchli korpus ventilyatorlaridan biri: 90.1 CFM, 3.97 mm H2O, 2600 ayl/daq gacha, 26 manzilli svetodiod. Radiatorda yoritgichsiz modellardan kam ishlamaydi. 124x120x28 mm, FDB podshipnik, bo'sh turganda nolda to'xtash, kafolat 3 yil. Qutida: uchta ventilyator, kontroller, uzaytirgich va quvvat o'tkazgichi. Bitta portga o'ntagacha zanjirda. Aveks Computers, Toshkent.

