Kontroller bilan uchta UNI FAN SL120 V2 to'plami — noldan yig'ish uchun: butun old panel yoki 240/360 radiator. UNI FAN liniyasining mohiyati — ulanishda. Ventilyatorlar bir-biriga uchlari bilan ulanadi, kontaktlar ramka ichida, va uchta ventilyatordan kontrollerga oltita emas, bitta sim ketadi. Panel orqasida PWM va ARGB o'rgimchak to'rini bir marta bo'lsa ham tarqatgan odam buni darrov tushunadi. «Xususiy razyom — keyin almashtirib bo'lmaydi» degani haqida: komplektda oddiy 4-pin PWM va 3-pin ARGB ga o'tkazgichlar bor. Ya'ni ventilyator xohlasangiz Lian Li kontrollerisiz har qanday tizimga o'rnatiladi. Orqaga yo'l yopilmaydi. Raqamlar: 120x120x28 mm, 250–2000 ayl/daq, 64.5 CFM, 2.59 mm H2O, maksimumda 29.2 dB, gidrodinamik podshipnik. Past yuklamada to'liq to'xtash bor — bo'sh turganda ventilyatorlar shunchaki o'chadi. Qutida: uchta ventilyator, UNI HUB kontrolleri, to'rtta quvvat kabeli va ikkita uzaytirgich. Zanjirga bitta portga oltitagacha, kontrollerga o'n oltitagacha yig'iladi. Aveks Computers, Toshkent.

