Kontroller bilan uchta reverse TL LCD 120 — ventilyatorlar shishaga qaraydigan pastki yoki yon devorga o'rnatish uchun. Burilgan parraklar va burilgan ekran: tashqariga old tomoni chiqadi, mahkamlagich va sim korpus ichida qoladi. «Pastda ekranlar baribir ko'rinmaydi» degani haqida: pasti ochiq akvarium tipidagi korpusda ko'rinadi — aynan O11 va shunga o'xshashlar. Reverse versiya aynan ular uchun qilingan. Pasti yopiq oddiy minorada ma'no yo'q — u yerda to'g'ri versiya kerak. Tasvir yo'nalishini dastur beradi: rasm 90, 180 va 270 gradusga buriladi, shuning uchun ventilyator o'rnatish teshiklari bo'yicha qanday turishidan qat'i nazar, hech nima teskari bo'lmaydi. Har birida 1.6 dyuymli 400x400 ekran. Havo haydash 62 CFM, 2.9 mm H2O, 350–1900 ayl/daq, 27 dB. 124x120x28 mm. Ulanish: bitta portga uchtagacha TL LCD, faqat 2–4-portlar, jami to'qqiztagacha. Aveks Computers, Toshkent.

