Havo sovutgich endi eplay olmaganda va nasos blokida ekran xohlaganda 360 mm ga yangilanish. Ekran bu yerda jiddiy: 2.88 dyuym, 480x480, yorqinligi 500 nit. Bu xira nuqta emas, xonada chiroq yoniq bo'lganda ham tasvir ko'rinadi. «Tepadagi shlanglar plataga kirishga xalaqit beradi» degani haqida: HydroShift da shlanglar radiatorning o'rtasidan emas, yon tomonidan chiqarilgan va korpus devori bo'ylab ketadi. Liniya aynan shu uchun qilingan — nasos bloki toza qoladi, xotira va plataning yuqori razyomlari yopilmaydi. Shlanglar 475 mm, ularni chekka bo'ylab o'tkazishga uzunlik yetadi. Radiator 403x124.5x27 mm, alyuminiy. Uchta ventilyator oldindan o'rnatilgan: 200–2500 ayl/daq, 73.14 CFM, 5 mm H2O, 29.8 dB, gidrodinamik podshipnik. 5 mm H2O bosim — bu maxsus radiator ventilyatorlari darajasi. Nasos 3800 ayl/daq gacha. Kafolat 6 yil. Soketlar: Intel LGA 1700, AMD AM5 va AM4. LGA 1851 uchun bu model e'lon qilinmagan — platformangizni aniqlang. Aveks Computers, Toshkent.

