100% litoy (geliy) sun’iy yangi yil archasi — nihoyatda qalin, keng va haqiqiy archaga juda o‘xshash!
Uyingizda hashamatli yangi yil muhitini yarating! Bu archa nihoyatda qalin shoxlari, keng diametri va 100% litoy (geliy) xvoyasi bilan ajralib turadi. Tabiiy ko‘rinishi va chiroyli dizayni tufayli uyingizning eng ko‘rkam bezagiga aylanadi.
100% litoy (geliy) xvoyalar — xuddi haqiqiy archadek.
Har bir shoxcha zamonaviy quyma texnologiyasi asosida tayyorlangan bo‘lib, haqiqiy archa ignalarining shakli va tuzilishini aniq takrorlaydi. Oddiy PVX archalardan farqli ravishda, litoy shoxchalar yaqindan qaraganda ham tabiiy ko‘rinadi, ancha mustahkam, shaklini yaxshi saqlaydi va uzoqroq xizmat qiladi.
Nihoyatda qalin va ko‘rkam shoxlar — bo‘sh joylarsiz.
Shoxchalarining juda ko‘pligi tufayli archa qalin, zich va hajmli ko‘rinadi. Shoxlar orasida bo‘sh joylar ko‘rinmaydi. Hatto o‘yinchoqlarsiz ham juda hashamatli turadi.
Kengaytirilgan diametr — yanada ko‘proq hajm va chiroy.
Archaning pastki qismi keng, shoxlari esa juda qalin. Shu sababli archa yanada salobatli, hajmli va ko‘rkam ko‘rinadi. Uning shakli har tomondan chiroyli ko‘rinish uchun o‘ylab ishlangan.
Haqiqiy archaga o‘xshash dizayn — har bir shoxchada tabiiy go‘zallik.
Shoxchalarning shakli, tabiiy egilishi va yashil rang tuslari haqiqiy o‘rmon archasini eslatadi. Shoxlarning chiroyli joylashuvi archaga tabiiy va uyg‘un ko‘rinish beradi.
Archamizning haqiqiy rasmlari.
Mahsulot kartochkasidagi rasmlarni diqqat bilan ko‘rib chiqing! Barcha rasmlar o‘zimizning jamoamiz tomonidan olingan va archaning haqiqiy ko‘rinishini ko‘rsatadi. Siz rasmlarda ko‘rib turgan archaning aynan o‘zini olasiz — hech qanday farqsiz.
Girlyanda sovg‘a!
Archa xarid qilganingizda sizga girlyandani bepul sovg‘a qilamiz! Undan uyingizda chiroyli va bayramona muhit yaratish uchun foydalanishingiz mumkin. Bu sovg‘a do‘konimiz tomonidan beriladi!
Ko‘p yillar davomida chiroyi va sifatini saqlaydi.
Mustahkam litoy shoxchalar to‘kilib ketmaydi, qayta-qayta yig‘ib, ajratgandan keyin ham o‘z shaklini yaxshi saqlaydi. Sifatli materiallar tufayli archa uzoq yillar davomida qalinligi va chiroyli ko‘rinishini yo‘qotmaydi.
Xarid qilishdan oldin bilib qo‘ying!
Archaning qalin va chiroyli ko‘rinishi shoxchalarini to‘g‘ri yoyishga bog‘liq. Archani yig‘ib bo‘lganingizdan keyin har bir mayda shoxchasini tanasidan uchlariga qarab, har xil tomonga yaxshilab yoyib chiqing. Shoxchalarni qancha yaxshilab yoysangiz, archangiz shuncha qalin va ko‘rkam ko‘rinadi.
100% litoy, diametri keng va nihoyatda qalin archa — sifat, tabiiy go‘zallik va hashamatli ko‘rinishni qadrlaydiganlar uchun ajoyib tanlov!
O‘zingizga mos balandlikni tanlang, buyurtma bering va «Novogodnyaya lavka» do‘koni bilan uyingizda unutilmas yangi yil muhitini yarating!

