Ilovalar yaratish — murakkab jarayon. Sinovdan o‘tkazishga qulay ilovalarni yaratish esa undan ham qiyinroq, ammo bu jarayonni osonlashtirish mumkin. Google’ning sinov jarayonlariga oid barcha rasmiy hujjatlarini o‘qib chiqish va tushunib yetish ko‘p vaqt talab qilishi hamda kishini chalg‘itishi mumkin.
Aynan shu o‘rinda Android’da "Test-Driven Development" (TDD — testlar asosida dasturlash) yondashuvi yordamga keladi! Ushbu kitobda siz Android’da TDD usulini tez va oson o‘rganasiz: buning uchun qiziqarli hamda tushunishga oson bo‘lgan qo‘llanmalardan foydalanasiz.

