Asosiy afzalliklari:
Universallik: barcha rusumdagi avtomobillar uchun mos.
3 ta Full HD kamera: avtomobilning oldi, orqa tomoni va salonini bir vaqtning o‘zida videoga oladi.
Wi-Fi ulanish: videolarni masofadan ko‘rish va qurilmani boshqarish imkoniyati.
Tungi rejim: yorug‘lik kam bo‘lgan sharoitda ham sifatli video yozuv.
Parkovka rejimi: avtomobil to‘xtab turgan vaqtda qo‘shimcha nazorat.
Orqa kamera himoyasi: namlik, chang va yuqori bosimli suv ta’siriga chidamli.
Lenovo 3 in 1 — har bir safarda avtomobilingizni to‘liq nazorat qilish imkonini beruvchi zamonaviy videoregistrator. Uchta kamera bir vaqtning o‘zida Full HD formatida yozuv olib boradi. Old kamera yo‘lni, orqa kamera avtomobil ortidagi vaziyatni, salon kamerasi esa avtomobil ichidagi holatni qayd etadi.
Tungi rejim va parkovka rejimi qorong‘ida hamda avtomobil to‘xtab turgan vaqtda qo‘shimcha nazoratni ta’minlaydi. Orqa kamera namlik va changdan himoyalangan bo‘lib, turli ob-havo sharoitlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Qurilma MicroSD xotira kartasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Wi-Fi funksiyasi orqali qurilmaga ulanib, videolarni ko‘rish va sozlamalarni boshqarish mumkin. Sensorli ekran foydalanishni yanada qulaylashtiradi. Kamerani 170 darajagacha burish imkoniyati mavjud. O‘rnatilgan akkumulyator avtomobil o‘chirilganda ham qurilma sozlamalarini saqlashga yordam beradi.
Asosiy afzalliklari:
2 ta kamera: avtomobilning oldi va orqa tomonini bir vaqtning o‘zida videoga oladi.
Full HD 1080P: aniq va batafsil video yozuv.
Sensorli ekran: qulay boshqaruv va kameralar tasvirini ko‘rish imkoniyati.
Tungi tasvirga olish: yorug‘lik kam bo‘lgan sharoitda ham yo‘l holatini yozib oladi.
Parkovka rejimi: avtomobil to‘xtab turgan vaqtda qo‘shimcha nazorat.
Siklik yozuv: xotira kartasi to‘lganda eski videolarni avtomatik ravishda yangilari bilan almashtiradi.
Muhim: MicroSD xotira kartasi mahsulot jamlanmasiga kirmaydi va alohida sotib olinadi.
Lenovo HR17 — har bir safarda ko‘proq nazorat, qulaylik va ishonch!
Avtoelektronika — original videoregistratorlar va avtomobil aksessuarlarini xorijdan vositachilarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri import qilamiz!
Sizga hamyonbop narxlar, yuqori sifat va ishonchli mahsulotlarni taklif etamiz.



