Xohlaganingizni yeng, taomdan zavqlaning va qomatni saqlab qoling — Allen Karrning noyob va samarali usuli buni kafolatlaydi. Parhez tutmasdan, kaloriyalarni sanamasdan yoki iroda kuchiga tayanmasdan vazn tashlang. Allen Karr tomonidan ishlab chiqilgan ovqatlanish dasturi sizga taom ta’midan bahramand bo‘lish, ochlikni qondirish va ortiqcha vazndan xalos bo‘lish imkonini beradi. Ushbu dastur yordamida siz:
- sevimli taom va yeguliklaringizni iste’mol qilishingiz;
- odatiy turmush tarzingizni saqlab qolishingiz;
- o‘zingizni aybdor his qilishdan xalos bo‘lishingiz;
- yangi tayyorlangan taom ta’midan zavqlanishingiz;
- ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishingiz;
- o‘z istaklaringizni anglab yetishingiz va yangi ta’mlarni kashf qilishingiz;
- ishtahangizga ishonishingiz mumkin.

