LED Lenta 220V SMD2835 (120D) IP65 — To'g'ridan-to'g'ri tarmoqdan ishlovchi kuchli va yorqin yoritish tizimi!
Ushbu 1 qatorli svetodiod lenta qo'shimcha quvvat bloklarisiz, to'g'ridan-to'g'ri 220V elektr tarmog'iga ulanadi. 6500K haroratdagi sovuq oq nur atrofni maksimal darajada yorqin va tiniq yoritib beradi. Katta maydonlarni, bino fasadlarini va ko'cha interyerini yoritish uchun eng zo'r tanlov.
Asosiy afzalliklari:
- 220V tarmoqdan ishlaydi: Katta va qimmat transformatorlar (blok pitaniyalar) talab qilinmaydi, maxsus ulagich orqali to'g'ridan-to'g'ri tokka suqiladi. Uzun masofalarga tortish uchun juda qulay.
- Noyob kesish o'lchami (10 sm): Odatda 220V lentalar har 1 metrdan kesiladi, lekin ushbu premiumni modelni har 10 santimetrda bemalol kesib, o'zingizga kerakli aniq o'lchamni hosil qilishingiz mumkin.
- Suv va changdan himoya (IP65): Qalin silikon qobiq lentani yomg'ir, qor va namlikdan to'liq himoya qiladi. Ochiq havoda (ko'cha, hovli, fasad) ishlashga mo'ljallangan.
- Yuqori yorqinlik (SMD2835, 120D): 1 metrda joylashgan 120 ta sifatli 2835 diodlari tufayli yorug'lik uzilishlarsiz va juda kuchli tarqaladi.
- Sovuq oq nur (6500K): Ishlab chiqarish hududlari, reklama bannerlari, do'kon peshtaxtalari va yorqinlik muhim bo'lgan joylar uchun ideal.
Sifatli va uzoq xizmat qiladigan yoritish yechimini qidirayotganlar uchun ayni muddao!