Sitrullin - inson organizmida muhim rol o‘ynaydigan aminokislotadir. U oqsil tarkibiga kiradi va bir qator muhim vazifalarni bajaradi. Sitrullin qondagi arginin miqdorini oshirishga yordam beradi. Arginin esa azot oksidi hosil bo‘lishi uchun zarur modda bo‘lib, jismoniy mashqlar paytida chidamlilikni oshirishga yordam beradi. Azot oksidi qon tomirlarini kengaytirib, mushaklarga qon va kislorod yetkazib berilishini yaxshilaydi.
Ushbu qo‘shimchada malat bilan boyitilgan L-sitrullin malat qo‘llanilgan. Malat hujayralarda energiya hosil bo‘ladigan Krebs siklida ishtirok etadi.
L-sitrullin malat intensiv mashqlardan so‘ng charchoq va mushak og‘rig‘ini kamaytirishga yordam beradi. Bu modda almashinuvining yaxshilanishi va sut kislotasi to‘planishining kamayishi bilan bog‘liq.
Tadqiqotlar sitrullinning anabolik ta’sirga ega ekanligini ko‘rsatgan. U mushak tolalarida oqsil sintezini qo‘llab-quvvatlaydi, mushak kuchining pasayishini sekinlashtirishga, kuch ko‘rsatkichlarini yaxshilashga va mashqdan keyingi mushak og‘rig‘ini kamaytirishga yordam beradi.
Shuningdek, L-sitrullin malat quyidagi xususiyatlarga ega: jismoniy ish qobiliyati va mashg‘ulot samaradorligini oshirishga yordam beradi; mushaklarning tiklanish jarayonini tezlashtiradi; sport bilan shug‘ullanish vaqtida charchoq hissini kamaytiradi; mushak rel'yefini shakllantirish ("quritish" davrida)ga yordam beradi; qo‘shimcha qabul qilinadigan aminokislotalarning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi.
Yaroqlilik muddati qadoqda ko‘rsatilgan.

