• Bosim sezuvchi LCD ekran
• Bir tugma orqali tezkor tozalash
• Yengil va portativ dizayn
• Stilus bilan qulay yozish va chizish
• Qog‘oz va siyohsiz foydalanish imkoniyati
LCD yozuv plansheti — kundalik yozuvlar, chizish va ijodiy mashg‘ulotlar uchun qulay va zamonaviy elektron doska. Mahsulot bosim sezuvchi LCD ekran bilan jihozlangan bo‘lib, yozuv va chizmalarni aniq hamda ravon aks ettiradi. Maxsus stilus yordamida bolalar rasm chizishi, kattalar esa eslatma, reja yoki tezkor yozuvlarni yozishi mumkin.
Planshetning asosiy afzalliklaridan biri — bir tugma orqali ekran tozalash funksiyasi. Bu funksya qog‘oz sarfini kamaytiradi va mahsulotni ko‘p marotaba ishlatish imkonini beradi. Qurilma yengil va yupqa dizaynga ega bo‘lgani sababli uni uyda, maktabda, ofisda yoki safarda olib yurish juda qulay.
LCD ekran ko‘zga ortiqcha yuklama bermaydi va oddiy foydalanish uchun moslashtirilgan. Qurilma marker, bo‘r yoki siyoh talab qilmaydi, shu sababli foydalanish jarayoni toza va qulay bo‘ladi. Bolalar uchun rasm chizish va yozishni o‘rganishda, kattalar uchun esa kundalik reja va eslatmalarni yozishda juda foydali yordamchi hisoblanadi.
Minimalistik dizayn, zamonaviy ko‘rinish va amaliy funksiyalar ushbu mahsulotni bolalar hamda kattalar uchun foydali gadjetga aylantiradi. Uy, ofis va ta’lim jarayonlari uchun mos keladigan universal elektron yozuv doskasi sifatida foydalanish mumkin.

