Ayollar uchun moʻljallangan Lasagrada brendining ushbu uzun kurtkasi – qish mavsumi uchun ideal tanlov. Model nafis dizayni, sifatli materiali va qulayligi bilan alohida ajralib turadi. Kurtka tikuvlarining geometrik shaklda ishlangani umumiy koʻrinishga yanada zamonaviylik bagʻishlaydi.
Kurtkaning asosiy afzalliklaridan biri – sʻyemniy moʻynali yoqa. Ob-havo va kayfiyatga qarab uni olib tashlab, yanada yengilroq va sodda uslubda kiyish mumkin. Moʻyna esa obrazga hashamatli ko‘rinish qoʻshadi. Bel qismidagi matoli kamar kurtkani yaxshi shakllantiradi va figura chizigʻini chiroyli ta’kidlaydi.
Material sovuqdan a’lo darajada himoya qiladi – shamol o‘tkazmaydi, issiqlikni yaxshi ushlab turadi. Model 48 dan 58 gacha boʻlgan razmerlarda taqdim etiladi, bu uni koʻplab ayollar uchun qulay tanlovga aylantiradi.
Ushbu kurtka bilan siz:
• ham kundalik obrazlarda,
• ham klassik, chiroyli kiyimlar bilan
mukammal uygʻunlikka erishasiz. Lasagrada sifat, qulaylik va nafislikni birlashtirgan brend boʻlib, ushbu model ham aynan shunday yondashuvning yorqin namunasi.

