Bo'limli germetik lanchboks turli xil taomlarni bir-biriga aralashtirmay olib yurish va saqlash uchun mo'ljallangan amaliy konteynerdir.
Mahsulot sig'imi 800 ml bo'lib, oziq-ovqat mahsulotlari bilan munosabatda bo'lish uchun mutlaqo xavfsiz bo'lgan sifatli plastikdan tayyorlangan.
Idish bo'limlarga bo'lingani sababli bir vaqtning o'zida asosiy taom va yengil tamaddilarni alohida joylashtirish imkonini beradi.
Qopqoq chetlaridagi silikon zichlagich hamda to'rtta yon zashyolka to'liq germetiklikni ta'minlaydi, bu esa suyuqroq yeguliklarning ham sumka ichida to'kilib ketishining oldini oladi.
Lanchboks ichidagi ovqatni muzlatgichda saqlash va mikrotolqinli pechda isitish mumkin. Maktab o'quvchilari, talabalar, xodimlar hamda sayohatga chiquvchilar uchun juda qulay.


