LAGOM Travel Kit — bazaviy kundalik parvarishning to‘liq to‘plami: tozalash → tonlash → namlash → oziqlantirish.
Safarga olib ketish, brendni sinab ko‘rish yoki uyda “har ehtimolga qarshi” mini-komplekt sifatida juda qulay.
To‘plam nima beradi
- Yumshoq tozalaydi: iflosliklar va makiyaj/sebum qoldiqlarini ketkazishga yordam beradi (2 bosqichli tozalash)
- Yangilaydi va tonlaydi, teriga komfort hissini qaytarishga ko‘maklashadi
- Intensiv namlaydi va namlikni ushlab turishga yordam beradi
- Yumshatadi va oziqlantiradi, tortishish (quruqlik) hissini kamaytiradi
- Har kuni ertalab va kechqurun ishlatish mumkin
Har bir vositaning ta’siri (5 ta mahsulot)
- Yuz yuvish geli (Gel to Water Cleanser)
- Iflosliklarni yumshoq ketkazadi, makiyaj/SPF’ni yuvishga yordam beradi, terini quritmaydi.
- Ko‘pik / mikro-ko‘pik (Micro Foam Cleanser)
- Mayin ko‘pik hosil qiladi, chuqurroq tozalashga yordam beradi, “toza teri” hissini beradi.
- Tonik-essensiya (Cellus Revive Essence Toner)
- Yuvinishdan keyin teri balansini tiklashga yordam beradi, serum va krem uchun tayyorlaydi, namlashni kuchaytiradi.
- Namlovchi serum (Hydro Serum)
- Tez namlaydi, terini silliqroq qiladi, quruqlik va xiralikni kamaytirishga yordam beradi.
- Krem (Deep Moisture Cream)
- Namlashni “mustahkamlaydi”, yumshatadi, tortishish hissini kamaytiradi, kun davomida komfort beradi.
Afzalliklar
- 1 to‘plamda 5 bosqichli parvarish — qo‘shimcha narsa kerak emas
- Mini format — qo‘l yukiga, safarga, sportzalga juda qulay
- Brend bilan tanishish uchun ideal — full-size sotib olishdan oldin sinab ko‘rish mumkin
- Kundalik bazaviy parvarish uchun universal
- Ishlab chiqarilgan davlat: Koreya
Qo‘llash usuli (oddiy va bosqichma-bosqich)
Ertalab:
- Yuzni yuvish: ko‘pik yoki geldan birini tanlang.
- Tonikni kaftga yoki paxta diskiga olib, muloyim surtib chiqing.
- 2–3 tomchi serum — yuz va bo‘yinga yoying.
- Yakunda krem surting.
Kechqurun (tavsiya etiladigan tartib):
- Gel (1-bosqich tozalash) — nam teriga surtib 30–40 soniya massaj qiling, yuvib tashlang.
- Ko‘pik (2-bosqich tozalash) — ko‘pirtirib, muloyim yuvining, yuvib tashlang.
- Tonik → Serum → Krem (ertalabdagi kabi).