Mahsulot haqida asosiy maʼlumotlar:
- Brend: LA'CORE

- Nomi: New Cellulose Peeling Lotion
- Hajmi: 100 ml
- Asosiy komponenti: Machihyun ekstrakti (semizot / portulak ekstrakti) bilan boyitilgan. Bu ekstrakt terini tinchlantiradi, yalligʻlanishga qarshi kurashadi va pilling paytida terining qizarib ketishining oldini oladi.
✨ Vazifasi va afzalliklari:
- Tsellyuloza zarralari yordamida terining oʻlik hujayralarini oʻziga oʻrab (skatka qilib) mayin koʻchirib tashlaydi.
- Teshiklarni (poralarni) chuqur tozalaydi, qora nuqtalarni kamaytiradi va yuz terisini silliq qiladi.
- Yuz rangini ochartiradi, qon aylanishini yaxshilab, teriga tabiiy jilo beradi.
- Oddiy skrablar kabi terini qattiq zarrachalar bilan tirnamaydi, shu sababli sezgir teriga ham mos keladi.
🧴 Qoʻllash usuli (Muhim!):
- Yuzingizni koʻpik yoki gel bilan yuvib boʻlgach, sochiq bilan butkul quritib oling (teri mutlaqo quruq boʻlishi shart).
- Koʻz va lab atrofiga tegizmagan holda, quruq yuzga losondan surting.
- 1-2 daqiqa davomida barmoq uchlari bilan yuzingizni mayin massaj qiling. Shunda loson tsellyuloza oʻramlariga (katishkalarga) aylana boshlaydi.
- Hosil boʻlgan oʻramlarni iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
- Haftada 1-2 marta kechki payt foydalanish tavsiya etiladi