Kecha ular oddiy yigitlar edi...
Bugun esa ular kimningdir o‘yinidagi oddiy o‘yinchoqqa aylanishgan: noma’lum kuchlar ularni o‘g‘irlab ketib, dahshatli tajribaga jalb qilishgan. Ularning xotirasi o‘chirilgan. Ularning yangi makoni — ulkan majmua; u yanada kengroq Labirintdan tongda ochilib, tunda yopiladigan devorlar orqali ajratib turiladi. Qorong‘i tushgach, Labirintda qolib ketgan hech kim ortga qaytmagan... Ular aminlar: agar Labirint sirlarini ochishga muvaffaq bo‘lsalar, asirlikdan qutulib, uyga qaytishlari mumkin. Xo‘sh, bundan keyin nima bo‘ladi? Kim o‘zgalar uchun jonini xavf ostiga qo‘yadi va kim bu halokatli sinovdan omon chiqadi?..

