KZ Dawn — Hamyonbop narx ichidagi haqiqiy Hi-Fi in-ear monitor tizimi!
Siz o'yinlarda dushman qadamlari qayerdan kelayotganini aniq eshitishni yoki musiqani studiya sifatidagidek tiniq tinglashni xohlaysizmi? Mashhur Knowledge Zenith (KZ) brendining hamyonbob Dawn modeli aynan siz uchun yaratilgan! U o'zining hamyonbop narxi bilan bozordagi ko'plab qimmat naushniklarni ovoz va material sifati bo'yicha ortda qoldiradi.
Kabel ranglari va variantlar: Naushnikning korpusi zamonaviy shaffof dizaynda bo'lib, ranglardagi farq faqat uning baquvvat kabelida aks etadi. O'zingizga mos Qora (Black) yoki Oq (White) kabel variantini tanlashingiz mumkin. Shuningdek, ehtiyojingizga qarab Mikrofonli yoki Mikrofonsiz versiyalari mavjud.
Muhim ma'lumot (Komplektatsiya): Ushbu model o'zining zavod komplektatsiyasida, korpusga o'rnatilgan standart qulay o'lchamdagi ambyushuralar (rezinkalar) bilan birga keladi. Qutining ichidan qo'shimcha alohida ambyushuralar chiqmaydi.

