Qulay va zamonaviy ayollar kiyim to‘plami kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan. To‘plam yoqimli XB (paxta) matodan tayyorlangan bo‘lib, teriga yoqimli, havo o‘tkazuvchi va kiyishda qulay.
To‘plam keng bichimli tunika va shimdan iborat. Erkin fason harakatlanishni cheklamaydi va kun davomida qulaylik yaratadi. Shimning yon tomonlarida qulay cho‘ntaklar mavjud bo‘lib, kundalik foydalanishda juda asqotadi.
Markiza XB kiyim to‘plami kuz va bahor mavsumida, shuningdek, qishda uy ichida kiyish uchun ham qulay. Uyda dam olish, kundalik yumushlar, mehmon kutish yoki sayrga chiqishda foydalanish mumkin.
Gulli naqsh va zamonaviy fason kiyimga chiroyli va nafis ko‘rinish beradi. Keng modeli sababli turli gavda tuzilishidagi ayollar uchun mos keladi.
48–50 | 52–54 | 56–58
48, 50, 52, 54, 56, 58 razmerlar uchun mos keladi.
Markiza dvoykasi — kuzgi va bahorgi garderob, shuningdek qishda uyda kiyish uchun qulay, keng va amaliy ayollar dvoykasi.

