Kutikula uchun remuver (100 ml) — bu tirnoqlarni mukammal parvarish qilish uchun ajoyib vositadir. Kutikula geli qatqaloq bo'lgan terini zudlik bilan yumshatadi va olib tashlaydi. Manikur hamda pedikur jarayonida tirnoq plastinasiga shikast yetkazmagan holda, tirnoq atrofidagi terining ortiqcha qismiga va pterigiyga yumshoq ta'sir ko'rsatadi.
Lemongrass efir yog'i bilan boyitilgan monarda yog'i terini nafaqat parvarish qiladi, balki uni oziqlantiradi va namlantiradi.
Mahsulot qo me go'zalligi, ham oyoq barmog'i kutikulasini qayta ishlash uchun juda mos kelib, terining silliq bo'lishiga yordam beradi. Xavfsiz va samarali formulasi tufayli, kutikulani olib tashlash uchun mo'ljallangan ushbu gel uy sharoitida manikur va pedikur qilish uchun ajoyib tanlovdir.
Vosita klassik manikurda ham, evropacha manikur yoki pedikur jarayonida ham foydalanish uchun ideal. Tarkibidagi namlantiruvchi majmua tirnoq atrofidagi terining qurib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
Muntazam ravishda qo'llash natijasida kutikulaning o'sishi sevalashadi va terining tirnoq plastinasiga yopishib o'sishining oldi olinadi. Tirnoqlar uchun remuver maksimal darajada samarali ishlaydi hamda manikur va pedikur jarayonini yanada yoqimli qiladi.
Qo'llash usuli: Gelni tirnoq plastinasi atrofidagi quruq yoki namlangan kutikulaga 1–2 daqiqaga surting. So'ngra uning yumshagan qismini freza, qirqich (shchipchik) yoki maxsus tayoqcha yordamida olib tashlang. Xohishga ko'ra, vosita qoldiqlarini suv bilan yuvib tashlang.

