Kutikula uchun remuver — bu tirnoqlar uchun ajoyib parvarish vositasidir. Kutikula uchun gel qatlamlangan va qatqaloq bo‘lgan terini tezda yumshatadi hamda olib tashlaydi. U tirnoq atrofidagi dag‘allashgan kutikulani yumshatib, tirnoq plastinkasiga shikast yetkazmaydi, manikyur va pedikyur jarayonida ortiqcha teri hamda pterigiyga muloyimlik bilan ta'sir ko‘rsatadi.
Monarda yog‘i lemongras efir yog‘i bilan birgalikda terini faqat parvarish qilibgina qolmay, balki uni oziqlantirish va namlantirishni ham ta'minlaydi.
Mahsulot qo‘l kutikulasini parvarish qilish uchun ham, oyoqdagi kutikulaga ishlov berish uchun ham juda mos keladi va terining silliq bo‘lishiga yordam beradi. O‘zining xavfsiz va samarali formulasi evaziga, kutikulani olib tashlash uchun gel uy sharoitidagi manikyur va pedikyur uchun ajoyib tanlovdir.
Vosita klassik manikyurda ham, yevrocha (qirqilmaydigan) manikyur yoki pedikyur jarayonida ham foydalanish uchun juda mos keladi. Tarkibidagi namlantiruvchi kompleks tirnoq atrofidagi terining qurib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Muntazam foydalanish natijasida kutikula o‘sishi sekinlashadi va terining tirnoq plastinkasiga yopishib o‘sishining oldi olinadi. Tirnoqlar uchun remuver maksiamal darajada samarali ishlaydi va manikyur hamda pedikyur muolajasini yanada yoqimli qiladi.
Qo‘llash usuli: Gelni tirnoq plastinkasi atrofidagi quruq yoki namlangan kutikulaga 1–2 daqiqaga suring. So‘ngra uning yumshagan qismini freza, qisqich ( shipchik) yoki maxsus tayyoqcha yordamida olib tashlang. xohishga ko‘ra, vosita qoldiqlarini suv bilan yuvib tashlang.

