Mis asosli kulon, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Qoplamaning rangi iliq va tekis, shuning uchun kunduzi ham, kechqurun ham mos tushadi. Uni ochiq yoqa bilan, trikotaj yoki yengil libos bilan taqish qulay. Xuddi shu rangdagi ziraklar qoshilsa, koinish yaxlit chiqadi, uzuklardan esa bittasi yetarli. Tilla yugurtirilgan qatlam suv va ishqalanishni yoqtirmaydi: dush va uyqu oldidan yeching, boshqa taqinchoqlardan alohida saqlang, taqqandan keyin yumshoq quruq mato bilan arting.

