Kulon mis qotishmasidan tayyorlangan, sirtiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Vazni yengil, shuning uchun zanjirni tortmaydi va har kuni taqishga qulay. Pushti tus pastel va toq rangdagi kiyim bilan, shuningdek ayni tusdagi ziraklar, uzuk yoki bilaguzuk bilan yaxshi birikadi. Ish uslubi uchun oddiy zanjirdagi bitta kulon yetarli, kechki tadbirga bilaguzuk qoshib taqiladi. Qoplamaga ter, dengiz suvi va atir yoqmaydi: taqinchoqni eng oxirida taqing va birinchi bolib yeching. Quruq xaltacha va namliksiz joy tilla qoplamasini uzoq saqlaydi.

