Sokin, provinsial shaharcha - Kastl-Rokda yashovchilardan biri - xushfe’l senbernar Kujo. Bir kuni quyonni quvib, uni kichik bir g‘orga haydab kiradi va u yerda ko‘rshapalak chaqadi. Bir qarashda beozor hodisa haqiqiy fojiaga aylanadi. Shunday qilib, Kujo xo‘jayinlari huzuriga butunlay boshqacha - ajal urug‘ini sochuvchi maxluq bo‘lib qaytadi. Uning qurbonlari soni tobora ortib bormoqda. Uni uddalashning iloji yo‘qdek tuyuladi. Va beixtiyor xayolga keladi: aslida qanday kasallik hayvonni haqiqiy maxluqqa aylantirishi mumkin? Bu Yovuzlikni tag-tomiri bilan yo‘q qilib bo‘larmikin?..

