1) Yumshoq kuch" (soft power) atamasini fanga olib kirgan Garvard universiteti professori Jozef Nay o'zining ushbu kitobida Sovuq urush davridan keyingi jahon siyosati va xalgaro munosabatlarida yumshoq kuch strategiyasini qo'llash usullari, uning manbalari, qattiq kuchning (hard power) o'zgaruvchan tabiati, bir qator aktorlarning yumshoq kuch siyosati hamda Amerika Qo'shma Shtatlari timsolida yumshoq kuchning ta'siri va rolini atroflicha tahlil etadi.
Tarjima asar nafaqat siyosat, iqtisod, madaniyat va axborot sohasi bilan shug'ullanuvchi mutaxassislarga, balki keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
2) "Kuchsizlar kuchi" asari sobiq SSSR kommunistik tuzumining mohiyatini, rejim hayoti va uning mafkuraviy maqsadlarini amalga oshirishda qaysi usul va uslublardan foydalanishini ochib beradi. Shu bilan birga, asarda g‘ayriinsoniy tuzumlarda o‘zlikni saqlab qolib haqiqiy hayot asosida yashash shartlarini, shuningdek, posttotalitar tuzumlarda siyosiy manqurtga aylanmaslik ko‘nikmalarini taʼsirli misollar bilan yoritadi.
Shuningdek, esse kommunistik mafkura asoratlaridan xalos bo‘lish jarayonida “siyosiy dekompressiya” qoidalariga rioya qilishda hamda postsovet davlatlarining demokratik taraqqiyot yo‘nalishini tutishida muhim manba bo‘lib hisoblanadi.
3) Sharq Uyg‘onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy asarlarida oqilona davlat tuzimi, insoniyat jamiyati haqidagi nodir va dono fikrlarga duch kelamiz. IX–X asrlarda yashab, ijod etgan «Arastu falsafasi», «Fozil odamlar shahri», «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida» asarlaridan namunalar kiritilgan. Kitob faylasuflarga, tarixchilarga, adiblarga va shu soha bilan qiziquvchi o‘quvchilarga mo‘ljallangan.

