Ishonchli va sifatli 9 Voltli alkaline batareyalar. Agar siz motorli o'yinchoqlar, chiroqlar, o'yin pristavkalari, masofadan boshqarish pultlari, oshxona buyumlari, tibbiyot jihozlari, turli hil priborlar va boshqa tez-tez ishlatiladigan qurilmalar uchun ishonchli va uzoq muddatli quvvat manbasini izlayotgan bo'lsangiz, bu batareyalari eng yaxshi tanlovdir. Maxsus Duralock texnologiyasi tufayli foydalanilmagan Philips akkumulyatorlari normal sharoitda saqlanganida o‘z zaryadini 5 yilgacha saqlab turishi mumkin (Batareyaga yozilgan sanagacha). Ushbu batareyalar bilan siz qurilmangizga to'liq ishonishingiz mumkin.
Muhim tavsiyalar:
Batareyalardan foydalanishda manfiy va musbat (+ va -) tamonlariga ahamiyat qarating.
Batareyalarni qismlarga ajratmang. Ularni deformatsiya qilmang va qizdirmang.
Ochiq olov yonida saqlamang va olovga tashlamang.
Batareyalarni bolalarga o’yinchiq sifatida bermang.
Ularni qayta quvvatlashda ahamiyatli bo’ling. Ayrim turlarida qayta quvvatlash tavsiya etilmaydi.
Batareyaning ishlash muddati tugagandan so'ng, ularni keyingi qayta ishlash uchun yo'q qilish kerak. Ya'ni ularni maxsus idishga solib, qayta ishlash markazlariga topshirish kerak. Batareyalarni to'g'ri qayta ishlash orqali, atrof-muhitni muhofaza qilishga hissa qo'shasiz.

