Bu bir ko‘rishda sevib qolish edi.
O‘n yetti yoshli Arni Kristinni ko‘rgan zahoti angladiki, ular bir-biri uchun yaratilgandi.
Biroq boshqalar uning bu ishtiyoqini bo‘lishmadi.
Uning eng yaqin do‘sti Dennis darhol Kristinga nisbatan shubha bilan qaradi.
Uning qiz o‘rtog‘i — maktabning eng go‘zal qizi — Kristinni rashk qilar va undan qo‘rqardi.
Ammo tez orada Arning yaqinlari ham, dushmanlari ham Kristinning yo‘liga ko‘ndalang chiqqanda nima bo‘lishini anglab yetadilar.
Zero, Kristin shunchaki bir qiz emas, balki Yovuzlik tomonidan dunyoga keltirilgan o‘lim mashinasidir...

