Ushbu ofis kreslosi bilan ish joyingizni jozibali va qulay qiling. Kreslo Rahbarlar uchun mo'ljallangan bo’lib, ofisingiz interyerining ajralmas qismiga aylanadi.
Kreslo qora charm bilan qoplangan, bu esa o’z o’rnida chidamlilikni kafolatlaydi. Qoplamani tozalash osonligi uchun, kresloni parvarish qilish qiyinchilik tug’dirmaydi. Qo'l dayamalaridagi yog’och qo’shimchalar kresloga joziba qo'shadi.
O’zingizga qulay qilish uchun osonlik bilan kresloning balandligini, tebranish burchagini sozlashingiz mumkin. Metall karkas kresloni 120 kg gacha og’irlik ko’tarishiga imkon beradi. Plastik g’ildiraklari esa xona bo’ylab kresloni oson yurg’izish imkonini beradi.
Ushbu kreslo rahbarlarning muhimligini ifodalash uchun eng zo’r tanlov.

