• Har kuni rejalash va ilhom olish uchun mos
• Sumkaga bemalol sig‘adi, tashib yurish oson
• Gulli va kreativ dizaynlar bilan bezatilgan
• Ichki sahifalari silliq, yozishga qulay
• Ish, o‘qish yoki shaxsiy yozuvlar uchun qulay
• Qog‘ozi zich va siyoh o‘tmaydi
• Qizlar uchun nafis va estetik uslubda yaratilgan
• Dugonalar uchun ajoyib sovg‘a varianti
• Qattiq muqovali, mustahkam va uzoq muddatli
• B6 format — ixcham va qulay hajm
📐 O‘lchami: 13×19 sm — ixcham va qulay, sumkaga joylashadi;
📄 Betlar soni: 110+
📕 Muqova: qattiq, silliq va chiroyli marmar dizaynda, bir nechta yorqin ranglar uyg‘unlashgan;
📘 Ichki qismi: katakli sahifalar;
📆 Turi: sanasiz — istalgan kunda boshlash mumkin.
Go‘zallik va ilhom uyg‘unlashgan bu B6 formatdagi blaknotlar sizga har kuni yangi g‘oyalar va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. Ustki qismi qattiq muqova bilan mustahkamlangan bo‘lib, uzoq vaqt davomida shaklini yo‘qotmaydi. Gulli, nafis va kreativ dizaynlar esa har bir sahifani ochganingizda sizga estetik zavq beradi.
Ichki sahifalari yozishga qulay, silliq teksturali qog‘ozdan tayyorlangan. Unda siz rejalaringizni, orzularingizni, kundalik kayfiyatingizni yoki ijodiy fikrlaringizni erkin yozib borishingiz mumkin.
Kompakt B6 o‘lcham tufayli u sizning sumkangizga bemalol joylashadi — ishda, o‘qishda yoki sayohatda doimo yoningizda bo‘ladi.
Bu bloknotlar o‘z uslubini qadrlaydigan, orzulariga jiddiy yondashadigan va go‘zallikni sevuvchi qizlar uchun yaratilgan.
Ushbu bloknot dugona, opa-singil, hamkasb, o‘quvchi yoki o‘zingiz uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi. Maktab, ofis, universitet yoki shunchaki shaxsiy foydalanish uchun juda mos!

