Shaqinuo Pink Sakura koʻz teni paletkasi kunlik va kechki pardozni yaratish uchun moʻljallangan toʻplamdir. Gulgulyaproq shaklidagi o'ziga xos dizaynga ega ushbu paletka oʻzida matoviy hamda koʻzga jilo bagʻishlovchi yiltiroq (shimmer/glitter) tuslarni jamlagan. Bahoriy sakuraning nafis ranglaridan ilhomlanib yaratilgan ushbu toʻplam yordamida yengil kunlik pardozni oson yaratish mumkin.
Xususiyatlari:
Ranglar kombinatsiyasi: Paletka tarkibidagi 6 xil rang bir-biri bilan moslashadi. Tabiiy yer (earth colors), shaftoli va pushti tuslar koʻz qarashlariga chuqurlik bagʻishlaydi.
Pigmentatsiya: Tenlar birinchi surishdanoq boy va toʻyingan rangini beradi. Ular uvalanib ketmaydi, qovoqda bir tekis joylashadi.
Tekstura: Mayin strukturasi sababli tenlarni oʻzaro qorishtirish (rastushyovka qilish) qulay.
Chidamlilik: Mahsulot kun davomida buklanib (skatka boʻlib) qolmaydi va oʻz rangini saqlaydi.
Ixcham dizayn: Paletka ixcham oʻlchamga ega boʻlib, uni sumkachada olib yurish qulay.
Qoʻllash usuli:
Qovoqning butun yuzasiga asosiy mat rangni suring.
Koʻzning tashqi burchagiga toʻqroq tusni berib, chuqurlik kiriting.
Qovoqning oʻrtasiga va koʻzning ichki burchagiga yiltiroq (shimmer) tushirib, pardozga jilo bering



