• 16 xil universal rang: Bir paletkada kundalik va kechki pardoz uchun matviy, shimmer va satin fakturalari jamlangan.
• Yuqori pigmentatsiya: Ranglar birinchi surishdanoq yorqin ko'rinadi va dog' qoldirmasdan oson tarqaladi (tushovka bo'ladi).
• Kun bo'yi ustuvorlik: Tenlar to'kilmaydi, ko'z qovog'ida yig'ilib qolmaydi va yorqinligini uzoq saqlaydi.
• Ipakdek yumshoq tekstura: Cho'tka bilan ham, barmoqlar bilan ham surish juda qulay.
• Tanlash uchun 3 xil palitra:
• №01 — Mayin va nafis ko'rinish uchun nyud va issiq jigarrang-pushti tonlar.
• №02 — To'q shokolad, tilla rang va jilvakor yorqin ranglar.
• №03 — Bazaviy bej-jigarrang va klassik qora rang
Toliq tavsifi:
Manley Beauty Perfect Eyeshadow (16 rang) ko'z teni paletkasi — mukammal pardoz yaratishda sizning eng yaqin yordamchingizdir!
Pardoz ranglarining to'g'ri tanlangani sababli, siz engil kundalik ko'rinishdan yorqin kechki pardozga oson o'ta olasiz. Tenlar yumshoq va ipakdek tuzilishga ega bo'lib, teriga tekis suriladi hamda bir-biri bilan juda chiroyli uyg'unlashadi.
Ishlatish usuli: Yengil matviy rangni baza sifatida butun ko'z qovog'iga suring, ko'zning tashqi burchagini to'qroq rang bilan chuqurlashtiring, markaziy qismiga esa jilvakor shimmer rangini qo'shib, qarashlaringizga joziba bag'ishlang

