Kiss Beauty brendining suvga chidamli jigar rang suyuq podvodkasi (eyeliner) ko'zlaringizga yanada jozibali va nigohingizga chuqurlik beradi. Injiq ob-havo, namlik va terlashga chidamli ushbu podvodka kun davomida o'chib ketmaydi va surkalmaydi. Qulay hamda ingichka mo'rqalam (kistochka) yordamida ideal darajada tekis va aniq chiziqlarni osongina chizishingiz mumkin.

