SHEGLAM Jazy Jigsaw Eyeshadow Palette — ko‘z makiyaji uchun mo‘ljallangan, turli obrazlarni yaratishga yordam beruvchi 8 ta rangdan iborat ixcham tenlar paletkasi. Paletka Mauve’ing On, Love N’ Taupe va Hued In Nude rang variantlarida mavjud.
Har bir paletkada kundalik nude makiyajdan tortib, yanada yorqin va kechki obrazlargacha yaratish imkonini beruvchi mat va yaltiraydigan/metallik teksturalar uyg‘unlashgan. Tenlar yumshoq presslangan teksturaga ega bo‘lib, cho‘tka yoki barmoq yordamida oson surtiladi va bir-biri bilan yaxshi aralashtiriladi.
Ranglari
Mauve’ing On — pushti, mauve va olxo‘ri ranglariga yaqin sovuq tonlar uyg‘unligi bo‘lib, nafis va ifodali ko‘z makiyajini yaratish uchun mos.
Love N’ Taupe — taupe, kulrang-jigarrang va neytral ranglar kombinatsiyasi. Kundalik, tabiiy va smoky eyes uslubidagi makiyaj uchun qulay.
Hued In Nude — bej, nude va jigarrang tuslarning tabiiy kombinatsiyasi. Yengil kundalik makiyaj va yumshoq nude obrazlar yaratish uchun mos.

