Ko‘ylak ushlagich (ko‘ylakni tutib turuvchi bog‘ich) — ko‘ylakni shim ichida doim tekis va tartibli ushlab turadi. Kun bo‘yi o‘tirsangiz, egilsangiz yoki harakatlansangiz ham ko‘ylak chiqib ketmaydi va burishmaydi. Ofis, to‘y, tadbir, harbiy va forma kiyimlari uchun qulay.
Afzalliklari
Ko‘ylak doim tekis — har bir ushlagichda 3 ta qisqich ko‘ylak etagini pastga tortib turadi.
Sirpanmaydigan qisqichlar — ichida rezina qatlam va qulflovchi tugma bor, matoni shikastlamaydi.
Son o‘lchamiga sozlanadi — elastik tasmadagi sozlagich orqali.
Har bir tasma uzunligi alohida sozlanadi — kichik halqa orqali.
Ilgakli ulagich — oson taqiladi va yechiladi.
Ekokoja qism puxta tikilgan, tasmalar elastik va pishiq.
Shim ostidan ko‘rinmaydi va bo'rtmaydi.
Qanday taqiladi
Elastik tasmani sonning tizzadan sal yuqori qismiga o‘rab, ilgak bilan ulang va sozlagich bilan o‘lchamini moslang.
Ko‘ylakni kiyib, har bir qisqichni ko‘ylak etagiga qisib, tugmasini yoping.
Tasmalar uzunligini halqalar orqali sozlab, ko‘ylakni biroz taranglang. Keyin shimni kiying.
Xususiyatlari
Komplekt: 2 dona (har bir oyoq uchun bittadan)
Rangi: qora
Material: elastik tasma, ekokoja, plastik qisqichlar
Har bir ushlagichda: 3 ta qisqich
Kafolat
Kafolat: 6 oy.

