• Brend: JUST
• Model: Smart ko‘ylak, yirik pike tekstura
• Ranglar: To‘q ko‘k, Oq, Bej
• O‘lchamlar: S, M, L, XL
• Tarkib: 50% paxta, 50% tencel
• Kroy: Smart fit
• Mato: Zich, teksturali, havo o‘tkazadigan
JUST brendining SMART ko‘ylagi — yirik pike teksturasi bilan ajralib turadigan, uslub va qulaylikni birlashtirgan mukammal modeldir. Pike to‘qimasi ko‘ylakka yanada boy, prеmium va o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Ushbu mato turining ustunligi — zichlik, shaklni yaxshi ushlab turishi va kundalik foydalanishda ham ko‘rinishini yo‘qotmasligi.
50% paxta va 50% tencel aralashmasi ko‘ylakka tabiiy yumshoqlik, havo o‘tkazuvchanlik va yoqimli hissiyotni ta’minlaydi. Material issiqlikni yaxshi boshqaradi, terini bezovta qilmaydi va uzoq muddat davomida sifatini saqlab qoladi. Tencel matoning silliqligi va rang barqarorligini oshiradi, paxta esa mustahkamlik beradi.
Smart fit kroyi tanaga yarashib turadi, lekin harakatni cheklamaydi — shuning uchun ko‘ylakni ofisda ham, kundalik yurishda ham bemalol kiyish mumkin. Ranglarning universal bo‘lishi uni shim, jinsi yoki yengil pidjaklar bilan ideal uyg‘unlashtiradi. Klassik yoqa esa har qanday obrazga jiddiylik va tartib beradi.
Uzoq xizmat qiladigan tikuvlar, sifatli mato va doimiy shakl — ushbu modelni erkaklar garderobida eng universal ko‘ylaklardan biriga aylantiradi. Ish uchrashuvlari, prezentatsiyalar, uchrashuvlar yoki shunchaki zamonaviy kundalik kiyim — SMART ko‘ylak har doim munosib ko‘rinish yaratadi.
Modellning o‘ziga xosligi
Yirik pike tekstura prеmium ko‘rinish beradi.
Smart fit — qulay va siluetni chiroyli ko‘rsatadi.
Klassik yoqa bilan ham ish, ham kechki obrazga mos.
Mustahkam tikuvlar — uzoq xizmat muddati.












