Washbag kosmetika sumkalari to'plami — bu pardoz va shaxsiy gigiyena vositalarini tartibli saqlash va ularni sayohat hamda safarlarda xavfsiz olib yurish uchun ajoyib yechim. To'plam 3 xil hajmdagi (katta, o'rta, kichik) suv o'tkazmaydigan va mustahkam materialdan tayyorlangan organayzer sumkalardan iborat. Shaffof oynali dizayni ichidagi buyumlarni osongina topishga yordam beradi. Pishiq zamok-fermuarlari va qulay tutqichlari tufayli foydalanish va olib yurish juda qulay. Kosmetika vositalaringizni namlik, chang va suyuqlik to'kilishidan ishonchli himoya qiladi.

