Kashtan yog‘i — qon tomirlarini mustahkamlovchi va shishlarni kamaytiruvchi tabiiy vosita. Kashtan yog' oyoqdagi og‘riq, varikoz va charchoqni kamaytirishga yordam beradi. Qon aylanishini yaxshilaydi va terini oziqlantiradi.
Dalachoy yog‘i — yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi va tiklovchi xususiyatga ega tabiiy o‘simlik yog‘i. Teri muammolari, stomatitda, mayda jarohatlar va kuyishlarda qo‘llaniladi. Antibakterial va regeneratsiya qiluvchi ta’siri bilan mashhur.
Qichitqi o't yog‘i — tabiiy shifobaxsh o‘simlik yog‘i bo‘lib, soch to‘kilishiga qarshi, terini oziqlantiruvchi va mustahkamlovchi vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Qichitqi o‘t ekstrakti asosidagi yog‘ bosh terisini rag‘batlantiradi, qon aylanishini yaxshilaydi, qazg'oqni kamaytiradi va soch o‘sishini tezlashtiradi. Tabiiy vitaminlar (A, C, K), minerallar va antioksidantlarga boy.
Lavanda yog‘i — tinchlantiruvchi, stressni kamaytiruvchi va uyquni yaxshilovchi tabiiy efir yog‘dir. Lavanda yog'i asab tizimini tinchlantiradi, bosh og‘rig‘ini yengillashtiradi va teri parvarishida keng qo‘llaniladi. Antiseptik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lib, akne va teri tirnashlarida samarali hisoblanadi. Aromaterapiyada eng mashhur tabiiy yog‘lardan biri.

