• Keng va sig‘imli ichki qism.
• Mustahkam furnitura va sifatli tikuv.
• Yumshoq, shaklni saqlovchi material.
Yumshoq, paxtadek mayin materialdan tayyorlangan ushbu kosmetik sumka nafis va zamonaviy ko‘rinishga ega. Ichki qismi keng va qulay bo‘lib, tonal krem, atir, lab bo‘yog‘i, ko‘z soyasi, cho‘tkalar hamda boshqa kundalik pardoz vositalarini tartibli saqlash imkonini beradi. Sifatli tikuv va mustahkam furnitura uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi. Molniyasi silliq va yengil ochilib-yopiladi, shaklini yaxshi ushlab turadi. Uyda, ishda yoki sayohatda o‘zingiz bilan olib yurish uchun juda qulay va ishonchli tanlov.

