Ayollar uchun zamonaviy va qulay kosmetichka-organayzer. Kosmetika vositalari, parfyum, krem, loson, pomada, cho‘tkalar va boshqa aksessuarlarni tartibli saqlash uchun mo‘ljallangan. Ichki qismi bir nechta bo‘limlardan iborat bo‘lib, buyumlarni alohida joylashtirish imkonini beradi.
Sayohatga, xizmat safariga, sport zaliga yoki kundalik foydalanish uchun juda qulay. Mustahkam fermuar va qulay tutqich bilan jihozlangan. Kosmetik vositalarni chang, namlik va tartibsizlikdan himoya qiladi.



