Seul Milliy Universiteti (Seoul National University) tomonidan ishlab chiqilgan va butun dunyo bo'ylab tan olingan "Seoul Korean 1A va " darsliklar to'plami koreys tilini noldan o'rganmoqchi bo'lganlar uchun eng B mukammal manbadir. Ushbu to'plam ikkita asosiy kitobdan iborat: Student's Book (asosiy darslik) va Workbook (mashq daftari). Har ikkala kitob ham ingliz tilidagi tushuntirishlar va ko'rsatmalar (English Version) bilan boyitilgan bo'lib, til o'rganish jarayonini yanada oson va tushunarli qiladi.
Student's Book darsligida koreys tilining poydevori hisoblangan Xangil alifbosi, asosiy grammatik qoidalar, kundalik muloqot uchun zarur bo'lgan so'z boyligi va to'g'ri talaffuz shakllantirish bo'yicha maxsus darslar joy olgan. Darslar vizual illyustratsiyalar va qiziqarli mashqlar bilan ta'minlangan. Workbook esa nazariy bilimlarni amalda mustahkamlashga xizmat qiladi; unda yozish, o'qish va grammatik mashqlar jamlangan.
Ushbu to'plam Koreyada tahsil olishni rejalashtirayotgan abituriyentlar, TOPIK I xalqaro sertifikatiga tayyorlanayotgan o'quvchilar hamda til kurslari va mustaqil o'rganuvchilar uchun ideal tanlovdir. Kitoblar yuqori sifatli qog'ozda va ravshan rangsiz bosmada tayyorlangan. Tizimli va bosqichma-bosqich tuzilgan metodika koreys tilida erkin muloqot qilish, to'g'ri jümalar tuzish hamda tinglab tushunish ko'nikmalarini jadal rivojlantiradi

