TOCOBO Bio Watery Sun Cream SPF50+ PA++++ — bu yuz terisini ultrabinafsha nurlanishidan va fotoqarishdan samarali saqlash uchun mo‘ljallangan yengil koreys quyosh kremi. Vosita zamonaviy va barqaror kimyoviy filtrlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, quyosh kuydirishi hamda pigment dog‘lar paydo bo‘lishining oldini oladi. Tarkibidagi bio-gialuron kislotasi terini chuqur namlantiradi, quruqlik va taranglik hissini yo‘qotadi. Mosh loviyasi (Vigna Radiata) urug‘i ekstrakti esa sezgir terini tinchlantirishga, qizarishlarni kamaytirishga va terining tabiiy himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi. Suvli yengil teksturasi tufayli krem teriga tez va to‘liq singib ketadi, yuzda oq qatlam qoldirmaydi hamda poralarni berkitib qo‘ymaydi. Mahsulot quruq, yog‘li, aralash va sezgir teri turlariga mos keladi. Kundalik parvarishda va makiyaj ostidan namlantiruvchi baza sifatida foydalanish uchun qulay. Tarkibida sun'iy xushbo‘ylantiruvchilar va zararli kimyoviy qo‘shimchalar mavjud emas, dermatologik sinovlardan muammosiz o‘tgan.


