3W Clinic — Janubiy Koreyaning mashhur kosmetika brendi, Miss Korea Seoul konkursining rasmiy mahsulot hamkori. Flower Effect Extra Moisturizing to'plami maxsus quruq va meъyoriy teri turlari uchun ishlab chiqilgan bo'lib, uch bosqichli parvarish tizimini taklif etadi:
1-bosqich — Sofner (tonik): teriga yorqinlik va yumshoqlik baxsh etib, keyingi bosqichlarni qabul qilishga tayyorlaydi.
2-bosqich — Emulsiya: namlik va elastiklikni ta'minlab, teri to'qimasini yumshoq va tekis holga keltiradi.
3-bosqich — Krem: kuchli namlik-elastiklik "to'siq"ini yaratib, natijani mustahkamlaydi va teriga tiniqlik beradi.
To'plam tarkibidagi suv nilufari (nymphaea) ekstrakti terini nozik xushbo'y hidi bilan chuqur namlantiradi, gialuron kislota va past molekulali kollagen esa elastiklikni oshiradi. Yashil choy ekstrakti terining tabiiy yorqinligini qo'llab-quvvatlaydi. To'plamga sinov hajmidagi qo'shimcha sofner va emulsiya ham kiritilgan — bu safar uchun yoki birinchi marta sinab ko'rish uchun qulay. Mahsulot o'zi uchun ham, sovg'a sifatida ham mos keladi.

