• Tanlov uchun uchta o'lcham sizga turli yoshdagi bolalar uchun trusiklardan foydalanishga imkon beradi, yoqimli ranglar orasidan esa siz o'g'il bolalar uchun ham, qizlar uchun ham mos keladiganini tanlashingiz mumkin
• Istalgan holatda kiyish va yechish oson
• Suvni shimib olish xususiyatini oshirish uchun astarni ko'p martalik taglikka qo'shimcha sifatida foydalanish mumkin
• Trusiklar o'lchami va bolachalar vazni o'rtasidagi muvofiqlik: S 6-9 kg, M 9-12 kg, L 12-16 kg, aniq o'lchovlar tavsifda
• Fiziologik jarayonlar va ular bilan bog'liq noqulaylik o'rtasidagi bog'liqlikni o'rnatishga yordam beradi, bu esa chaqaloqni tuvakka tezroq o'rganishiga imkon beradi
• Yumshoq paxta-qog'oz trikotajidan foydalanilgan, olti qatlamdan iborat paxta astar va nafas oluvchi membrana suyuqlikning tashqariga oqib chiqishining oldini oladi
Koʻp martalik taglik-trusiklar - bu bir martalik tagliklardan oddiy trusiklarga bir meʼyorda o'tish uchun ajoyib variant. Bolalar mashg'ulot trusiklari chaqalog'ingizga yangi mahoratlarni o'zlashtirishga yordam beradi. Trusiklar yumshoq paxta-qogʻoz trikotajidan tayyorlangan boʻlib, allergiya qoʻzgʻamaydi yoki bolaning gʻashiga tegmaydi va olti qatlamli paxta va nafas oladigan membranadan tayyorlangan astar sababli suyuqlik ichkarida qoladi. Mebel va gilamlarning tozaligi va gigienasi haqida umuman qayg'urishingiz shart emas! Trusiklar fiziologik jarayonlar va ular bilan bog'liq noqulayliklar o'rtasidagi aloqani o'rnatish uchun maxsus ishlab chiqilgan - bu chaqaloqni tuvakka trzroq ko'nikishga va taglikdan voz kechishga majbur qiladi.
Avvalo trusiklardan chaqalog'ingiz uyda bo'lganida foydalaning va keyinchalik kechki payt yoki sayr uchun bir martalik taglikni almashtirishga urunib koʻring. Bundan tashqari trusiklar, siydik chiqarishdan oldin har doim ham tuvakka yetib bora olmaydigan yoshi kattaroq bolalar uchun ham juda mos keladi. Trusiklar bir marta "siyib qoʻyish"ga mo'ljallangan, shundan so'ng ular namlanadi (pol, gilam, mebel, paypoq yoki chaqaloqning poyabzali esa quruq qoladi). Keyin ularni tozalari bilan almashtirish kerak. Suvni shimib olish xususiyatimi oshirish uchun astarni koʻp martalik taglikka qo'shimcha sifatida foydalanish mumkin.
Mashgʻulot trusiklari beli va oyoqlari boʻylab elastik bo'lgan qoplamaga ega, shuning uchun ular chaqaloqqa qulay tarzda joylashadi va unga hech qanday noqulaylik tug'dirmaydi. Ular bolaga yotgan holatida ham, tik turgan holatida ham oson kiyiladi va yechiladi.

O'lcham jadvali
S o'lchami: vazni 6-9 kg boʻlgan bolakaylarga moʻljallangan, balandligi 20 sm, beldamchiqning cho'zilmagan rezinkali yarim atrofi 16,5 sm, tag (oyoqlari orasidagi) qismi kengligi 10 sm;
M o'lchami: vazni 9-12 kg boʻlgan bolakaylarga moʻljallangan, balandligi 21 sm, beldamchiqning cho'zilmagan rezinkali yarim atrofi 18 sm, tag (oyoqlari orasidagi) qismi kengligi 12 sm;
L o'lchami: vazni 12-16 kg boʻlgan bolakaylarga moʻljallangan, balandligi 22 sm, beldamchiqning cho'zilmagan rezinkali yarim atrofi 19 sm, tag (oyoqlari orasidagi) qismi kengligi 13 sm;
Tursiklar yuqori darajada shimish xususiyatiga ega, ammo bolani gʻashi kelmasligi va allergiya qoʻzgʻatmasligi uchun har bir "hojat chiqarish"dan keyin ularni almashtirishni unutmang. Yaxshiroq suyuqlikni shimishi uchun trusiklardan foydalanishdan oldin, suyuqlikni yutuvchi membrana qatlamidagi teshiklarni yopib qoʻymasligi uchun tarkibida sovun boʻlmagan vositalar bilan, ularni 2-3 marta yuvishni tavsiya qilamiz.
Biz tanlovingiz va xaridingizdan mamnun bo'lishingiz uchun hamma narsani qildik. Shuning uchun, agar sizda biron bir savol bo'lsa yoki biron bir sababga ko'ra sizga biror nima yoqmagan boʻlsa, "Sotuvchiga savol berish" tugmasini bosish orqali biz bilan bog'lanishni unutmang va biz albatta biror yechim o'ylab topamiz!

