Bolalar uchun mo‘ljallangan ushbu qayta foydalaniladigan tagliklar to‘plami qulaylik va sifatni birlashtiradi. To‘plamda 3 dona turli rang va naqshdagi taglik mavjud. 100% paxtadan tayyorlangani sababli bolaning nozik terisiga yumshoq tegadi va havo o‘tkazadi. Elastik bel qismi bolaning erkin harakatlanishiga yordam beradi. Tagliklar kundalik foydalanish, uy sharoiti va eng asosiysi bolalarni tuvakka o'rgatish uchun juda qulay. Yuvib qayta ishlatish mumkinligi sababli iqtisodiy va ekologik jihatdan foydali tanlov hisoblanadi. Yorqin va chiroyli rasmlari bolajonlarga yanada yoqimli ko‘rinish beradi.

