Bir va ko'p kanalli, ko'p funksiyali quruq kontaktli rele va pult to'plamlari, RF433/RF315, DC6-72V, AC85-220V, 5А/10A
Texnik xususiyatlari
- Kanallar soni: 1, 2, 3, 4, 6, 8, 12 yoki undan ko‘p (tanlangan modelga qarab)
- Ishchi chastotasi (tanlovga qarab): 433.92/315 MGts (tanlanadi)
- Kuchlanish (tanlovga qarab): DC (12V, 24V, 6-30V, 6-72V) yoki AC (85-220V, 50 Gs)
- Maksimal yuklama: Har bir kanal uchun 5А/10A (AC uchun 1100/2200 Vt gacha)
- Kontakt turi: "Quruq kontakt" (NO/NC/COM) — har qanday yuklamani ulash imkonini beradi
- Pult masofasi (turiga qarab): 10–500 metrgacha (ochiq joyda ideal sharoitda, shahar sharoitida tekshirilgan maksimal qiymat - 400 metr)
- Ish rejimlari (turli relelarda farq qiladi): Lahzali (Momentary), Kommutatsiya (Toggle), Fiksatsiyalangan (Latched) yoki Tanlash, Kombinatsiyali yoki Taymerli.
Afzalliklari
- Ko‘p qirralilik: Elektr qulflar, motorlar, pardalar, chiroqlar va darvozalarni boshqarish uchun mos keladi.
- Mustaqil kanallar: Har bir kanalni alohida sozlash yoki pultning turli tugmalariga ulash mumkin.
- Har xil quvvat variantlari: Past kuchlanishli tizimlardan (DC 6-72V) maishiy elektr tarmog‘igacha (AC 85-220V) modellari mavjud.
- Oson sozlash: Pultlarni ulash birgina tugma orqali amalga oshiriladi (turli relelarda sozlash usuli farq qiladi, batafsil "Ko'rsatma" bo'limida).
Komplektlash
Himoya korpusidagi ko‘p kanalli rele moduli — 1 dona.
Masofadan boshqarish pulti (batareyali) — 1/2 dona. (komplektga qarab).
- Xarid qilish
- To'plamlar shartli ravishda ranglar asosida to'plam (to'plam tarkibidagi pultning ushbu tovar uchun shartli ravishda belgilab olingan A, B, C, D, E yoki F turi) tanlanadi, keyin esa to'plam tarkibidagi relening turi (ishchi kuchlanishiga ham e'tibor bering) tanlanadi.
- E'tibor bering:
- - shartli ranglar menyudan tanlanganda to'plamga mos ravishda surati va narxi o'zgaradi
- - rele turi tanlanganda faqat narxi o'zgaradi, surati o'zgarmaydi.
- Shartli ranglar quyidagi pultlarni ifodalaydi:
- - A - uzoq masofali pult (200-500 metrgacha, ochiq hududda);
- - B - o'rta masofali pult (50-200 metrgacha);
- - C - qisqa masofali pult (20-50 metrgacha);
- - D - simsiz panel (20-50 metrgacha);
- - E - simsiz sensorli panel (20-50 metrgacha);
- - F - tabletkasimon bir tugmali pult (20-50 metrgacha);
- - G - tabletkasimon bir tugmali mini-pult (10-20 metrgacha);
- Tanlash uchun rele kanallari soni: 1 / 2 / 4 / 6 / 8 / 12 yoki ko'proq;
- Tanlash uchun rele turi (AC - o'zgaruvchan tokli, DC - o'zgarmas tokli):
- 1) AC - AC85-220V, 5A/10A;
- 2) DC - DC12V/10A, DC24V/10A, DC6-30V/10A, DC6-72V/10A (aniq DC ishchi kuchlanishi qiymatlari suratlarda keltirilgan).